Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida ikki haydovçi örtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaşitiş bölimi tomonidan örganiş olib borildi.
Aniqlanişiça, 14 iyun kuni taxminan soat 11:00 larda Yunusobod tumani Rixsiliy köçasida Lacetti haydovçisi 1981 yilda tuğilgan, B.X. hamda Cobalt haydovçisi 1996 yilda tuğilgan Ş.O.lar yöl talaşiş oqibatida özaro tortişib qolgan.
Şundan söng B.X. yölning qatnov qismida avtomaşinasini töxtatib, qölidagi jism bilan Cobalt avtomaşinasini çap tomon eşik oynasiga urib, voqea joyidan ketib qolgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yöq.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.X.ga nisbatan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Töplangan hujjatlar qonuniy çora köriş uçun jinoyat işlari böyiça tuman sudiga yuborilgan.











