AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yuzlab million dollarlik harbiy yordam körsatiş rejasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Politico vaziyatdan xabardor bölgan manbalarga tayanib.
Amerikaning hozirgi ma’muriyatining Ukrainaga birinçi yordam paketi Presidential Drawdown Authority (PDA, qurollarni hisobdan çiqariş böyiça prezident topşiriqlari) liniyasi böyiça ajratilişi kutilmoqda. 2024 yilda Jo Bayden boşqaruvi davrida kongress tomonidan tasdiqlangan uşbu jamğarmada hali ham 3,8 milliard dollar atrofida mablağ mavjud. Tramp ularni kongress ruxsatisiz, öz prezidentlik vakolatidan foydalangan holda sarflaşi mumkin. Oldinroq Reuters agentligi yordam paketi miqdori 300 million dollar atrofida bölişi, u Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar, HIMARS tizimlari uçun GMLRS snaryadlari hamda örta masofada harakatlanuvçi raketalarni öz içiga olişi haqida xabar bergandi.
Tramp ma’muriyati hozirgaça Ukrainaga faqat Bayden tomonidan ajratilgan qurollarni yuborib kelmoqda. Iyul oyi boşida AQŞ Ukrainaga ayrim turdagi öq-dorilarni yuborişni töxtatgandi. 11 iyul kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerika qurollari yetkazib berilişi qayta tiklanganini ma’lum qildi.
Sönggi vaqtlarda Donald Tramp Rossiya tinçlik muzokaralarini çözayotgani va Ukrainadagi harbiy harakatlarni faollik bilan davom ettirayotganidan noroziligi hamda hafsalasi pir bölganini tobora köproq bildirmoqda. AQŞ prezidenti 14 iyul kuni «Rossiya böyiça muhim bayonot» berişni va’da qilgan, ammo heç qanday tafsilotlarni oşkor etmagan.
Ritorikani özgartirganiga qaramay, hozirça Oq uy haqiqatan ham öz siyosatini Kiyev foydasiga özgartirgani haqida dalillar kam, deb yozadi Financial Times Vaşington bilan mudofaa va xavfsizlik böyiça muzokaralarda iştirok etayotgan Yevropaning ikki yuqori martabali mulozimiga tayanib.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Ukrainaning ğarbiy ittifoqçilari hamon Tramp Vladimir Putinni tinçlik muzokaralarida özining asosiy şerigi, Volodimir Zelenskiyni esa samarali kelişuvga erişiş yölidagi asosiy tösiq sifatida körişga moyil deb hisoblaşmoqda.
«Ohang özgarişiga qaraganda, biroz ortiqça hayajon seziladi. Ammo biz buning jiddiy harakatlarga aylanişini körmayapmiz», - dedi mulozimlardan biri FT bilan suhbatda.
Şu bilan birga, naşr Volodimir Zelenskiy Oq uydagi maşhur tortişuvdan keyin Donald Tramp bilan muloqotda sezilarli muvaffaqiyatlarga erişganini qayd etgan. Yevropa yetakçilari Ukraina prezidentiga AQŞ prezidenti bilan muloqot ohangini qanday özgartirişni, xususan, unga köproq maqtov va qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorçilik bildirişni maslahat berişgan, deydi FT’ning turli suhbatdoşlari.












