U prezidentlik muddatining boşidan beri birinçi marta Ukrainaga yordam ajratişni tasdiqladi. AQŞ Kiyevni qöllaş böyiça Köngillilar koalitsiyasiga qöşildi. Lekin Trampni ta’bir qilib bölmaydi: u haqiqatan ham ukrainlar tomonga ötdimi yoki erta-indin yana “aynib qolişi” mumkinmi? “Geosiyosat”da siyosiy tahlilçilar muhokamasi.
Anvar Yöldoşev: AQŞning hozirgi prezidenti Trampning fikrlari özgaruvçan, bugungi gapi ertangi çiqişlariga töğri kelmasligi mumkin. Uning oxirgi kunlardagi ritorikasi Ukraina foydasiga qaratilgan. Lekin davlat kotibi Marko Rubio: “Men Lavrov bilan gaplaşdim va özaro hamkorlikda davom etamiz” dedi.
Tramp bugun yordam beraman deydi, ertaga yordam bermayman deydi, ya’ni uning qarorlarini avvaldan bilib bölmaydi. Albatta, Köngillilar koalitsiyasiga AQŞning qöşilgani – Yevropa uçun katta natija. Çunki Ukrainaga Yevropaning özi beradigan yordam yetarliça katta emas. AQŞning koalitsiyaga qöşilişi bilan, Ukrainaga berilayotgan yordam köpayadi. Bu Rossiyaning manfaatiga, albatta, töğri kelmaydi.
Şuhrat Rasul: Trampning xarakterini bugungi kunda hamma bilib böldi. Bugun yordam beraman, deyapti. Balkim, rostdan ham keyingi haftaning oxiriga “men yana Putin bilan telefonda gaplaşdim va Putin zör yigit, mana biz uruşni töxtatiş masalasi böyiça salkam kelişib qöydik, mana körasizlar, yaqinda Putin bu haqda özi gapiradi” deyişi ham mumkin... Lekin bu safar Trampning gaplari faqat gap bölib qolmayapti, birdan amaliy harakatlar boşlandi. Buni ham biz e’tirof etişimiz kerak. Gap faqat uçta Patriot tizimlari haqida emas, 500 mln dollarlik hajm haqida ketyapti. Şundan 300 millioni Amerika Qöşma Ştatlari beradigan qurollar va yana Yevropaning özi ham 200 million qöşmoqçi bölyapti. Muddatlar aniq körsatilgan, ya’ni iyulning oxirigaça mana şu katta yordam berilişi kerak.
Kuala-Lumpurdagi ASEAN davlatlari sammitida Marko Rubio va Sergey Lavrov uçraşuv ötkazdi. Rubio: “Agar Rossiyada tinçlik örnatişga intiliş bölsa, biz albatta qöllab-quvvatlaymiz” degan ma’noda fikr bildirdi. Bu – menimça, sof diplomatik gap xolos. E’tiborimni tortgan jihat, Lavrov Rubioga bitta katta jild – göyoki hujjatlar töplamini topşirdi. Unda Ukraina prezidenti va rasmiylarining Rossiyaga nisbatan haqoratomuz munosabatda ekanini isbotlovçi iqtiboslar jamlab çiqilgan ekan. Bu voqea dunyo mediasida kulgiga qoldi.
Zokir Usmonov: Tramp koalitsiyaga qöşilib, uruşga geosiyosiy jihatdan emas, iqtisodiy jihatdan yondaşyapti. Çunki uning asosiy maqsadi – AQŞning yukini yengillatiş. Ikkinçi jahon uruşidan beri Yevropa mudofaasi uçun asosiy xarajatlarni Vaşington öz böyniga olgan edi. Bugungi kunda Tramp yuritayotgan siyosat Amerikaga qisqa va örta muddatda daromad beradi, lekin strategik jihatdan Vaşington yutqazadi. Geosiyosatda iqtisodiy jihatni birinçi öringa qöyib yondaşiş özini oqlamaydi.










