Bugun yangi formatda ilk bor taşkil qilingan va bir oydan beri davom etib kelgan turnir öz yakuniga yetadi. Musobaqa finalida «PSJ» va «Çelsi» töqnaş keladi.

 Ğoliblar

Bu safar biroz kengroq formatda taşkil qilinayotgan bölsa-da, klublar böyiça jahon çempioni degan nom asr boşlarigaça yetib boradi va an’anaviy ravişda 1960 yildan buyon Tokioda taşkil etib kelingan qit’alararo kubok örniga paydo bölgan. Avvaliga faqat Libertadores va YeÇL ğolibi örtasida bitta uçraşuv ötkaziş bilan kifoyalanişgan bölsa, keyin boşqa qit’alar vakillari ham qöşila boşlaydi.

Klublar örtasidagi jahon çempionatida eng köp «Real» ğalaba qozongan – 5 marta. «Çelsi» hisobida ham uşbu turnir ğolibligi bor – 2021 yilda londonliklar «Palmeyras» ustidan 2:1 hisobida ustun kelişgandi. Umuman olganda, oxirgi 11 turnirda, jumladan bu safar ham şunday böladi, boş sovrin Yevropa klubiga nasib qilib kelmoqda. Qiziği, boşqa qit’a vakili ğalaba qozongan oxirgi final 2012 yilda bölgandi va aynan «Çelsi» «Korintians»ga imkoniyatni boy bergan.

Agar bugun «PSJ» ğolib çiqadigan bölsa, klublar örtasida jahon çempioniga aylangan ilk fransuz jamoasiga aylanadi. Nafaqat 2000 yildan keyin paydo bölgan turnir, umuman, 1960 yildan boşlangan qit’alararo kubok tarixini qöşadigan bölsak ham, Fransiya klublarida ğoliblik yöq. E’tiborli tomoni, 1993 yilda Marselning «Olimpik» jamoasi Çempionlar Ligasini yutgan bölsa-da, jahon çempioni böliş nasib etmagan – moliyaviy qinğirliklar tufayli klub diskvalifikatsiyaga uçragan edi. Demak, Enrike şogirdlari tarixiy voqea bösağasida turişibdi.

Angliyadan esa ikki marta «Mançester Yunayted», şuningdek, bir martadan «Mançester Siti», «Liverpul» va yuqorida aytilganidek «Çelsi» dunyoning eng kuçli jamoasi sifatida qayd etilib, uşbu sovrin egasiga aylangan.

«PSJ» – yaqqol favorit

Bemalol aytiş mumkinki, final oldidan deyarli hamma «PSJ»ni yaqqol favorit sifatida e’tirof etmoqda. Parijliklar bu mavsum özi qatnaşgan barça musobaqalarda ğolib çiqmoqda, yölidan çiqqan barça top-klublarni mağlub etmoqda.

«Çelsi» esa uşbu turnirda tört yil oldingi YeÇL ğolibligi evaziga iştirok etayotgani, şuningdek, pley-off setkasida nisbatan osonroq raqiblarga duç kelgani göyoki finalning tasodifiy iştirokçisi deb baholanişga ham asoslar yaratişi mumkin, ammo londonliklar aynan mana şunday pozitsiyada natija körsata olişini ham yaxşi bilamiz. Sönggi 10-12 yilda «Çelsi» ança beqaror natijalarni qayd etib, juda köp murabbiylar almaşgan bölsa-da, ayniqsa xalqaro maydonda jamoa Angliyaning eng muvaffaqiyatli klubi hisoblanadi. «Çelsi» mana şu davr mobaynida ikki marta Çempionlar Ligasini, ikki marta Yevropa Ligasini yutdi, hatto yaqinda taşkil etilgan Konferensiyalar Ligasini ham yutişga ulgurdi.