Falastin muammosini tinç yöl bilan hal qiliş va ikki davlat yeçimini yaratiş yöllari muhokama etiladigan Falastin böyiça xalqaro konferensiya BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida 28-30 iyul kunlari bölib ötadi.

Konferensiyaga hamraislik qiladigan Fransiya va Saudiya Arabistonining BMTdagi doimiy vakolatxonalari BMTga a’zo davlatlarga taklifnoma jönatdi.

«Falastin masalasini tinç yöl bilan hal qiliş va ikki davlat barpo etiş böyiça yuqori darajadagi xalqaro Falastin konferensiyasi 28-30 iyul kunlari bölib ötadi», — deyiladi maktubda.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasi rezolyutsiyasi bilan taşkil etilgan Falastin böyiça xalqaro konferensiya dastlab 17—20 iyun kunlari bölib ötişi kerak edi. Biroq Isroilning 13 iyun kuni Eronga hujumi ortidan u qoldirildi.