Londondagi "Sautend" aeroporti «jiddiy hodisa tufayli keyingi ogohlantirişgaça» yopildi, deyiladi aeroport özining X  mikroblogida 14 iyul, duşanbaga ötar keçasi e’lon qilgan bayonotda.

«Aeroportga va qaytayotgan barça reyslar bekor qilindi, politsiya, qutqaruv xizmatlari va aviafalokat böyiça tergovçilar voqea joyida işlamoqda», — deyiladi postda.

Britaniya ommaviy axborot vositalarining ta’kidlaşiça, kiçik yölovçi samolyoti havoga kötarilgandan keyin aeroportda halokatga uçragan. «Öşa kuni ertalab Xorvatiyadan kelgan Beechcraft King Air B200 yölovçi samolyoti aeroportdan Lelistad (Niderlandiya)ga yöl olgan edi», deb yozadi The Independent gazetasi öz saytida.

Naşr Esseks politsiyasining fojia bilan boğliq bayonotidan iqtibos keltirdi: «Soat 16:00 dan sal oldin bizga 12 metrli bitta samolyot iştirokida töqnaşuv sodir bölgani haqida xabar kelib tuşdi... Jamoatçilikdan bu işlar olib borilayotgan vaqtda imkon bölsa, hududga yaqinlaşmaslikni söraymiz».