Belgilanişiça, 2026 yil 1 iyundan boşlab maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlaşda xorijiy davlatlarning ilğor tajribasi asosida bozor mexanizmlari joriy etiladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2025 yil 1 dekabrga qadar tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlaş böyiça xorijiy davlatlarning ilğor tajribasini çuqur örgangan holda tijorat banklari kredit mablağlari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini quriş tartibini nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
2026 yil 1 yanvarga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarining faoliyatini baholaş, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etiş, mahsulot işlab çiqariş hajmlari va yaratilgan iş örinlari, yuqori texnologiyali çuqur qayta işlaşga möljallangan işlab çiqarişni yölga qöyiş kabi körsatkiçlardan kelib çiqqan holda reyting belgilaş tizimini joriy etiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Bunda ularning faoliyatini baholaş orqali reyting tizimini yuritiş amaliyotini joriy etiş, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlaş işlarini birinçi navbatda reytingi baland maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida amalga oşiriş nazarda tutiladi.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yöllari qömitasi, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Hududgazta’minot» AJ rahbarlari zimmasiga maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari iştirokçilarini taşqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga öz vaqtida ulaş va uzluksiz işlaşini ta’minlaş böyiça şaxsiy javobgarlik yuklanadi.










