Kreml AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi vaziyat haqidagi sönggi bayonotlarini jiddiy qabul qildi va ularni tahlil qilişni rejalaştirmoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«AQŞ prezidentining bayonotlari juda jiddiy. Ularda nimadir şaxsan prezident Putinga qaratilgan. Vaşingtonda aytilgan gaplarni tahlil qiliş uçun albatta vaqt kerak», dedi u jurnalistlarga.
Kreml vakilining sözlariga köra, «prezident Putin agar va qaçon zarur deb hisoblasa, bunga albatta izoh beradi».
«Men özimdan özib ketişni istamayman. Keling, Putinning qarorini kutaylik, bu haqda özi izoh beradimi yoki yöqmi», deb qöşimça qildi Peskov.
14 iyul kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp «Rossiyadan juda norozi» ekanini ta’kidladi. Oq uy rahbari agar Ukraina böyiça 50 kun içida kelişuvga erişilmasa, AQŞ Rossiya va uning savdo hamkorlariga 100 foiz miqdorida ikkilamçi sanksiyalar joriy etişini ta’kidlagan edi.











