Rossiya Davlat Dumasi deputatlari mehnat migrantlarini Rossiyaga kirişda virusli infeksiyalar yöqligi töğrisida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etişga majburlaş taşabbusi bilan çiqdi. Bu haqda Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar işlari böyiça qömitasi rahbari Yaroslav Nilov ma’lum qildi.
«Rossiyaga pul işlaş uçun kelayotgan xorijliklar öz muammolarini olib kelmasdan, bizning muammolarimizni hal qilişi kerak. Masalan, bir qator mamlakatlarda tibbiy suğurtangiz bölmasa, kiriş rad etilişi mumkin. Unda Rossiyaga migrantlar ommaviy ravişda kelganida nega biz bu talabni e’tiborsiz qoldiramiz?», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Nilovning aytişiça, qonun loyihasi allaqaçon tayyorlandi, unga köra, çet el fuqarolari çegarada amaldagi tibbiy suğurta polisini, şuningdek, OIV, B va C gepatitlari, sifilis va sil kasalligi yöqligi töğrisidagi ma’lumotnomalarni taqdim etişi şart.
Bundan taşqari, şaxsning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilmasligini tasdiqlovçi hujjatli dalillar talab qilinadi. Bu hujjatlarsiz Rossiyaga kiriş imkonsiz böladi, dedi deputat.
Amaldagi qonunçilikka köra, Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan xorijiy fuqarolar tibbiy körikdan ötişi şart. Hozir bu odatda Rossiyaga kirgandan keyin amalga oşirilyapti.
Nilovning taşabbusi tibbiy nazoratni çegarani kesib ötişdan oldin, ya’ni öz davlatida ötkazilişini nazarda tutadi.











