Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat va safarbarlikni uç oyga — 2025 yil 5 noyabrga qadar uzaytirdi. Bu haqda deputat Yaroslav Jyeleznyak xabar berdi.
Harbiy holatni uzaytirişni yoqlab 320 nafar deputat ovoz bergan, bir nafar deputat — «Yevropa birdamligi»dan Aleksey Gonçarenko qarşi çiqqan, yana 16 nafar deputat esa ovoz beriş jarayonlarida iştirok etmagan.
Safarbarlikni uzaytirişni yoqlab esa 304 nafar deputat ovoz bergan, Aleksey Gonçarenko yana qarşi çiqqan, «Xalq xizmatkori» partiyasi deputati Georgiy Mazuraşu esa ovoz berişdan tiyilgan.
Bundan oldin Oliy Rada yanvar oyida harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini 2025 yil 6 avgustga qadar uzaytirişga ovoz bergandi. Bu mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlikning 16 marta uzaytirilişi hisoblanadi.
Ukrainada harbiy holat davrida saylovlar ötkaziş mumkin emas. RF hukumati bir neça Ukraina prezidentining legitimligini şubha ostiga olib, Zelenskiyning vakolatlari muddati tugaganini ta’kidlagan.











