Xitoy rahbari Si Jinping AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan Moskvaning savdo hamkorlariga ikkilamçi sanksiyalar qöllaş tahdidi yangraganidan keyin Rossiyani qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga va’da berdi.
Pekinda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan uçraşuvda Xitoy rahbari ikki davlat taşqi işlar vazirliklari prezident Vladimir Putin bilan erişilgan «muhim kelişuvlarni samarali amalga oşirişi», şuningdek, «Şanxay hamkorlik taşkiloti kabi köptomonlama maydonçalarda hamkorlikni rivojlantirişi va bir-birini qöllab-quvvatlaşi» kerakligini ta’kidladi.
Şuningdek, u ikki davlat xavfsizligi va taraqqiyot manfaatlarini himoya qiliş zarurligini aytdi.
Bir kun avval, 14 iyulda Tramp agar Rossiya 50 kun içida Ukraina bilan kelişuvga erişmasa, Qöşma Ştatlar Moskva va uning savdo hamkorlariga «qat’iy» 100 foizli tariflarni joriy qilişini aytdi. Xitoy esa Rossiyaning eng katta savdo hamkori hisoblanadi.
Pekin Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini rasman qöllab-quvvatlamagan va hatto mojaroni hal etiş böyiça öz rejasini taklif qilgan.
Biroq, South China Morning Post manbalariga köra, iyul oyi boşida Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bilan uçraşuvda Pekin Moskvaning bu uruşda mağlub bölişiga yöl qöymasligini aytgan.
Uning tuşuntirişiça, bunday ssenariy yuz bersa, Qöşma Ştatlar öz e’tiborini butunlay Xitoyga qaratadi. Şu bilan birga, Xitoy Taşqi işlar vazirligi rahbari, agar Pekin haqiqatan ham Moskvaga yordam berganida, «uruş allaqaçon tugagan bölardi», deb ta’kidlagan.











