Qöşma Ştatlarda olti yoşgaça bölgan bolalar örtasida nikotin bilan zaharlaniş soni keskin oşdi, deb xabar berdi NBC News Amerika pediatriya akademiyasining Pediatrics jurnalida çop etilgan tadqiqotiga tayanib.

Tadqiqotga köra, 2010 yildan 2023 yilgaça Qöşma Ştatlardagi toksikologik markazlar olti yoşgaça bölgan bolalarda nikotin bilan zaharlaniş böyiça 134 663 ta murojaatni qayd etgan. Deyarli barça hodisalar uy şaroitida sodir bölgan.

Şifokorlar, ayniqsa, ommabop Zyn brendi mahsuloti - nikotin paketçalari deb ataladigan narsalardan xavotirda. Mualliflarning fikriça, uşbu mahsulotlar bilan boğliq zaharlaniş darajasi 2020 yilda 100 ming bolaga 0,48 holatdan 2023 yilda 4,14 holatga yetgan. Uç yil davomida ösiş 763 foizni taşkil etgan.

Tadqiqotda ta’kidlanişiça, nikotin paketçalarida tamaki yöq, lekin kuçli stimulyator bölgan 6 milligrammgaça nikotin bölişi mumkin. Mahsulotlar odatda meva yoki yalpiz ta’miga ega bölib, qadoqlaş bolalardan maxsus himoyaga ega emas. Uşbu mahsulotlar AQŞ oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) tomonidan çekişni taşlaş uçun yordam sifatida tasdiqlanmagan.

«Bularning bolalar qöliga tuşişi vaqt masalasi edi. Bu açinarli, ammo ajablanarli emas», dedi Miçiganda işlovçi pediatr va Amerika pediatriya akademiyasi vakili doktor Molli ÖŞi.