17-20 iyul kunlari uçun kutilayotgan yuqori issiqlik tölqinlari respublikaning katta qismiga ta’sir eta boşlaydi. Odatda issiq kunlar ortidan keladigan salqinlik bu safar kutilmayapti – jazirama davomli böladi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.
Hafta örtalaridan ğarbdan kirib kelişi kutilayotgan issiqlik tölqinlari avvaliga Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati söngra respublikaning markazi va aholi ziç istiqomat qiluvçi viloyatlarga kuçli ta’sir körsatadi.
Issiq havo oqimlari ketidan haroratning sezilarli pasayib ketişi bilan boğliq yozgi salqin ob-havo muhiti bu safar kutilmaydi. Aksinça, keyingi hafta davomida ham respublikada jazirama issiqliklar saqlanadi.
Uşbu issiqlik tölqinining qişloq xöjaligi tarmoqlariga ta’sirini kamaytirişda qişloq xöjaligi tarmoği mas’ullari aholi, boğdor, dehqon va fermerlarga öz tavsiyalarini berib ötişi lozim. Xususan, boğdorlar öz mevali daraxtlarini oftob urişidan qarşi tör yordamida himoya qilişi, paxtaçilik sektorida +45 daraja harorat kutiladigan kunlar oldidan fermerlar tunda ğözalarni çuqurroq suğorib qöyişi tavsiya etiladi.










