Deputatlar dala çetlariga ekin ekişga oid bahsli qonunni özgarişlar bilan qabul qildi
|21:03 / 16.07.202510 1679 min
Fermerlarga juda katta majburiyat va javobgarlik yuklovçi normalar tahrirlandi va qonun loyihasi Senatga yuborildi. Ekin ekiş dalaning barça çetlariga emas, faqat suv yoqasidagi çetlariga majburiy ekani, 3 karra soliq butun yer maydoniga emas, faqat ekin ekilmagan joyga nisbatan qöllanişi, ma’muriy jarima esa faqat subijaraçilarga taalluqli bölişi belgilanmoqda.
Ğalla maydoni çekkasiga ekilgan pomidor, bodring va makka. Toşkent viloyati / Foto: Qişloq xöjaligi vazirligi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 15 iyul kungi majlisda fermerlarga dala çetlariga ekin ekiş majburiyatini yuklovçi qonun loyihasini ikkinçi va uçinçi öqişlarda qabul qilib, Senatga yubordi.
Uşbu qonun loyihasi 1 iyul kuni birinçi öqişdan ötganida, munozaraga sabab bölgan va 22 deputat qarşi ovoz bergandi.
Loyihaning birinçi öqişdagi talqinida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan edi:
Ösimliklar karantini va himoyasi agentligini dala çetlari, kanallar, suğoriş va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda tegişli qişloq xöjaligi ekinlarini ekiş yoki mahsulot yetiştiriş hisobini yuritiş va nazorat qiliş böyiça vakolatli organ etib belgilaş;
har yili 1 aprelga qadar bunday hududlarda ekin ekilmasa, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarga özlariga tegişli barça qişloq xöjaligi yerlari uçun yer soliğini 3 baravar miqdorda hisoblaş;
qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalaridan foydalanuvçilar, ijaraçilar va ikkilamçi ijaraçilar ekin maydonlari çetlariga, kanallar, suğoriş va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga ekin ekiş va mahsulot yetiştiriş majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ularga bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigaça jarima soliş.
15 iyul kungi majlisda Qonunçilik palatasining Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi raisi Ravşan Mamutov qonun loyihasining yangi versiyasini taqdim etdi.
Ravşan Mamutov, Qonunçilik palatasining Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi raisi
Mavzuga oid
U kiritilgan özgarişlarga izoh berişdan oldin, dala çetlariga ekin ekiş böyiça davlat rahbarining 2024 yil 30 dekabr kungi qarori asosida joriy etilgan
dastlab, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi mahsulot yetiştirişga bölgan talabni hisobga olgan holda, har bir tuman va mahallaning iqlim şaroitidan, bu yerdagi aholining tajribasidan kelib çiqib, dala çetlarida suv ta’minoti va ekin ekiş imkoniyati mavjud bölgan yerlarni har yili 1 yanvarga qadar tanlab oladi va viloyat hokimliklariga taklif beradi;
şundan keyin, hokimliklar tomonidan dala çetlariga ekin ekiş işlarini taşkil etiş va yetiştiriladigan mahsulotning prognoz körsatkiçlari böyiça har yili 1 fevralga qadar qarorlar qabul qilinadi;
yerdan foydalanuvçilar, ijaraçilar va yer egalari asosiy ekin bilan band bölib, dala çetlariga ekin ekişga mobodo vaqti yetmasa yoki resurs jihatdan ekin ekiş imkoniyati mavjud bölmasa, mazkur yerlar ikkilamçi ijaraga berilişi kerak;
dala çetlarida qişloq xöjaligi mahsuloti yetiştirganlarga rağbatlantiruvçi mexanizmlar ham mavjud: ularga fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi; mevali payvandtaglik köçatlarni sotib oliş xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli köçatga 25 ming sömdan oşmagan holda subsidiya ajratiladi; har bir mahsulot yetiştiruvçiga Karantin agentligining hududiy inspektorlari biriktiriladi va kömak beriladi.
“Qisqa qilib aytganda, amaldagi qonunçilikda dala çetlaridagi ekin ekilişi belgilangan maydonlarda yer egasi özi ekin ekişi yoki ikkilamçi ijaraga bergan holda ekin ekilişini taşkil qilişi belgilangan. Agarda vazifa bajarilmasa, ya’ni yer egasi özi ekin ekmasa – oşirilgan soliq tölaşi, ikkilamçi ijaraçi ekin ekmasa – jarimaga sabab böladi”, dedi Ravşan Mamutov.
U birinçi öqişda tanqidga uçragan qonun loyihasini qayta işlaşda kiritilgan 6 ta asosiy özgarişni sanab ötdi.
1. Qonun loyihasining birinçi öqişda qabul qilingan matnida ekin ekiş majburiyati “dala çetlarida, şuningdek, suğoriş va drenaj tarmoqlari atrofidagi yerlar”ga nisbatan tatbiq etilişi belgilangan edi. Bu normaga aniqlik kiritilib, uşbu majburiyat “dala çetlaridagi kanallar, suğoriş va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi yerlar”ga taalluqli bölişi belgilab qöyildi. Ya’ni dalaning barça çetlariga emas, faqat suv yoqasidagi çetlariga ekin ekiş majburiy böladi.
2. Loyihaga “qonunçilikka muvofiq mahsulot yetiştiriş belgilangan maydonlarda maqbul ekin ekiş” tuşunçasi kiritildi. Ya’ni, dala çetlariga har yili Karantin agentligi belgilab beradigan ekinlar ekilişi kerak.
3. Amaldagi qonunçilikda huquqiy ta’sir çoralari mutanosiblik prinsipiga mos bölişi kerakligi belgilanganidan kelib çiqib, mahsulot yetiştirmaganlik uçun yer egasining qişloq xöjaligiga möljallangan barça yerlari uçun 3 baravar oşirilgan soliq hisoblaş ğoyasidan voz keçildi. Uning örniga, yer soliğini 3 baravar oşirilgan holda hisoblaş faqat yer uçastkasining ekin ekilmagan qismiga taalluqli böladi.
4. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilayotgan qöşimçalar ham qayta körib çiqildi. Unga köra, jarima faqatgina dala çetlarini ikkilamçi ijaraga olgan ijaraçilarganisbatan qöllanadi. Jarima miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravarigaça emas, 1 baravaridan 3 baravarigaça böladi.
5. Respublikaning ayrim hududlarida iqlim şaroitidan kelib çiqib aprel oyida ham köçat va birlamçi ekin ekilişi holatlari mavjudligini inobatga olib, dala çetlariga ekin ekiş muddati 1 aprelgaça emas, 1 maygaça deb belgilandi.
6. Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo çoralari joriy etişga 3 yillik moratoriy (2023 yil 1 iyuldan boşlangan) amal qilayotganidan kelib çiqib, ikkilamçi ijaraçilar uçun ma’muriy jarima jazosi 1 yildan söng, ya’ni 2026 yil 1 iyuldan kuçga kiradi.
Qayd etiş lozim, 2026 yil 1 iyuldan muddati tugaydigan bu moratoriydan taşqari, hozir boşqa bir moratoriy ham amal qilmoqda. Prezident farmoniga köra, 2025 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvargaça kiçik va örta biznes sub’yektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilişini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş töxtatilgan.
Qonun loyihasi bu ikkita moratoriyga zidligi haqida birinçi öqişdagi muhokama paytida “Adolat” partiyasi deputati Gulnora Abduvohidova gapirgan edi. Lekin ikkinçi öqişdagi muhokamada faqatgina kelasi yil muddati tugaydigan birinçi moratoriy eslandi, 2028 yilgaça amal qiladigan ikkinçi moratoriy haqida gap-söz bölmadi.
Aktam Hayitov, ÖzLiDeP yetakçisi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi
Qonun loyihasining fermerlar uçun juda katta javobgarlik keltirib çiqaruvçi birinçi şaklini qöllab-quvvatlagan Liberal-demokratik partiya raisi, Fermerlar kengaşi rahbari Aktam Hayitov loyihaning ikkinçi öqişdagi versiyasini ham qöllaşini bildirdi.
“Qonun loyihasining hozir taqdim qilinayotgan şakli qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarga oğirlik tuğdirmayapti, aksinça, ularga yengillik, qöllab-quvvatlaşni nazarda tutyapti”, – dedi u.
Hayitovning sözlariga köra, fermerlarning: “Dala çeti aynan qayerda boşlanib, qayerda tugaydi?” degan savoliga işçi guruhlar javob beradi.
“Qonun loyihasiga “qonunçilikka muvofiq” degan jumlalar atay kiritildi. Çunki amaliyotda kattaroq bir muammo bor edi: dala çetining çegaralari qayerda? Fermerlarning dalasiga tutaş maydonlarni “bu sening dala çeting, nimaga ekilmagan” deb, ularning zimmasiga yuklaş yoki ularga topşiriq beriş holatlari köp böladi. Endi 1 yanvargaça dala çetining aniq ölçami belgilab beriladi. Aniq ölçamni tumanlarda tuzilgan, Ösimliklar himoyasi va karantin agentligi boşçiligidagi işçi guruh belgilab berib, şu ölçamda nima eksa böladi – hudud iqlim şaroitidan kelib çiqib mahsulotlarni ham körsatib beradi.
60 gektarlik maydonning dala çeti 1 gektar çiqadigan bölsa, u yer böyiça albatta Suv xöjaligi vazirligining joylardagi bölimlari xulosasi olinadi, ya’ni bunga suv bormi-yöqmi, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari, zovurlarning qaysi qismida ekiş mumkin.
Bu yerda fermerlarga ikkilamçi ijara huquqi ham berilgan. Agar fermer xöjaligi rahbari dala çetida mahsulot yetiştirişga imkoniyati yetmasa, bu hudud elektron bazaga kiritilib, şu hududdagi yoşlarga, işsizlarga va boşqa fuqarolarga taklif etiladi. Ular ana şu taklif asosida ikkilamçi ijaraga olib, mahsulot yetiştiriş imkoniyatiga ega”, dedi Aktam Hayitov.
Qonun loyihasi ikkinçi va uçinçi öqişlardan ötdi va Senatga yuboriladigan böldi. Sönggi ovoz berişda loyihani 107 deputat qölladi, 3 deputat qarşi çiqdi, 2 deputat betaraf qoldi, 4 deputat ovoz bermadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston parlamenti qonun loyihalarining birinçi, ikkinçi va uçinçi öqişdan ötgan versiyalari matnini oçiqlamaydi. Aksariyat holatlarda qonunlar barça bosqiçlardan ötib, davlat rahbari tomonidan imzolanganidan keyingina töliq holda taqdim etiladi.