"Gurjiston taşqi işlar vaziri Maka Boçorişvili xonimga delegatsiyamizga körsatilgan iliq qabul uçun minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari. – Bugun biz sermazmun va keng qamrovli muzokaralarni ötkazdik. Ikki tomonlama hamkorlik, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi, yaqin istiqbolda erişilişi kerak bölgan yangi maqsadlar belgilab olindi".
Özbekiston va Gurjiston muzokaralari kun tartibidan biznes doiralarni yaqinlaştiriş, turizm almaşinuvlarini rivojlantiriş, xalqlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş kabi masalalar örin oldi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston va Gurjiston Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2025–2026 yillar uçun hamkorlik dasturi imzolandi.











