Qaşqadaryo viloyati, Kökdala tumani Yettitom şaharçasi hududida kuçli portlaş sodir böldi. Kun.uz obunaçilarining xabar berişiça, bugun, 16 iyul kuni 14:30lar çamasida hududdagi katta yoqilği quyiş şoxobçalaridan birida portlaş sodir bölgan. Portlaş bir neçta obektda kuzatilgan, olov balandligi önlab metrga kötarilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilişiça, bugun soat 14:40larda Qaşqadaryo viloyati FVBga, Kökdala tumani, «Oltindala» MFYda joylaşgan gaz quyiş şoxobçasi hududida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 14:45 da yetib borib, yonğin soat 15:00 da örab olingan va hozirda uni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.
Vaziyat töliq Qaşqadaryo viloyati FVB nazoratida. FVB gaz quyiş şoxobçasida portlaş bölgani va jarohatlanganlar haqida ma’lumot bermadi.








