AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan Yevropa hisobidan Ukrainaga qöşimça qurol-yaroğ yetkazib beriş rejasi faqat doiraviy bölib, batafsil emas, kim va qanday qilib Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişi hali ham noaniq, deb yozadi Reuters manbalarga tayanib.

Ukrainani qöllab-quvvatlaş haqiqatda qançalik muhim bölişi va kim va qanday texnikani taqdim etişi ittifoqçilar örtasidagi bölajak muzokaralarga boğliq böladi. «Har doimgidek, bunday holatlarda iblis detallarda yaşiringan», – deydi Şimoliy Yevropa davlatlaridan birining AQŞdagi elçisi agentlikka.

Duşanba kuni NATO boş kotibi Mark Ryutte Tramp bilan birga qurol yetkazib berişni e’lon qilarkan, qurol sotib olişda iştirok etişga tayyor bölgan oltita davlat – Finlandiya, Daniya, Şvetsiya, Norvegiya, Niderlandiya va Kanada nomlarini tilga oldi. Şu bilan birga, uşbu ikki davlatning AQŞdagi elçixonalaridagi yuqori martabali manbalar Reuters agentligiga bu reja haqida bevosita e’lon paytida xabar topişganini aytişgan. «Gumonimça, ma’muriyat bu amalda nimani anglatişini endigina anglay boşladi», – dedi agentlikning yana bir manbasi.

Asosiy masala, deb yozadi Reuters, Ukrainaga Rossiya raketalaridan himoyalaniş uçun juda zarur bölgan Patriot batareyalarini kim va qaçon yetkazib berişida. Agentlik suhbatdoşlaridan biri Germaniya, Gretsiya, Niderlandiya va Ispaniyani batareyalarni jönatiş uçun «yaxşi nomzodlar» deb atadi – ularning har birida bir neçta batareya bor va bu mamlakatlar hozirda heç qanday tahdidlarga duç kelmayapti. Şu bilan birga, Gretsiya va Ispaniya avval ham öz batareyalarining bir qismini Ukrainaga topşirişdan boş tortgandi.

Hozirda Tramp ma’muriyati NATO zaxiralarini inventarizatsiya qilib, amalda qanday qurollar borligini aniqlamoqda. Şundan söng, Oq uy ittifoqçilarni qandaydir «ayirboşlaş» evaziga – masalan, NATO doirasida öz zaxiralarini ertaroq töldiriş evaziga Ukrainaga ba’zi qurollarni bepul berişga köndirişga harakat qiladi.

Tramp Ryutte bilan uçraşuvda 17 ta Patriot tizimini jönatişga tayyorligini, ba’zilari esa yaqin kunlarda Ukrainaga yetib borişini aytgandi, biroq, Reuters yozişiça, u qurilmalarning özini emas, balki ular uçun raketalarni nazarda tutgan bölişi mumkin: keyinroq Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius birorta yangi Patriot tizimi Kiyevga yaqin bir neça oy içida yetib borişining imkoni yöqligini aytdi.

Tramp ittifoqçilari bilan yaşirin muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo hozirça ular «sust» davom etmoqda, deya xulosa qildi Reuters manbalaridan biri: «Hozir hamma „Biz yordam bera olamiz“ demoqda. Bu aynan nimani anglatişini esa bilmaymiz».