Jurnalistlar ma’lumotiga köra, beş kun muqaddam oçilgan kompleksdagi yonğin çorşanba kuni keçqurun boşlangan, hozirga kelib u öçirilgan.
Yonğin oqibatida 77 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda AFP agentligi Iroq IIV bayonotiga tayanib, ammo favqulodda xizmatlar hali bedarak yöqolganlarni qidiriş bilan maşğul.
Mahalliy INA telekanalida namoyiş etilgan kadrlarda olov binoning bir neça qavatini qamrab olganini köriş mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yonğin vaqtida bino tomiga çiqib olgan odamlarni köriş mumkin.
Payşanba kungi ma’lumotlarga köra, tez yordam maşinalari hodisa joyidan jarohatlanganlarni şifoxonalarga taşişda davom etgan.
Mahalliy aholi vakillaridan biri, kasbi şifokor bölgan Nosir al-Kuraşi AFP muxbiri bilan suhbatda öz yaqinlari uşbu yonğin qurboni bölişganini aytib berişgan. «Ustimizga falokat yoğildi. Biz yegulik oliş uçun savdo markaziga borgandik. Uyimizda elektr yöqligi uçun keçki ovqatni şu yerda qilmoqçi edik», degan bu guvoh.
«Ikkinçi qavatda konditsioner portladi, keyin esa yonğin boşlandi va biz çiqib ketolmadik», — deydi al-Kuraşi.

Al-Kut şahri Bağdoddan 160 km janubi-şarqda joylaşgan.
Bino egasiga qarşi jinoiy iş qözğatildi.
Vosit viloyatida qurbonlar xotirasiga uç kunlik motam e’lon qilindi.









