Farmon bilan “Kelajak uçun” istiqbolli taşabbuslar forumini ötkaziş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi. 

Nizom “Kelajak uçun” istiqbolli taşabbuslar forumini ötkazişga tayyorgarlik köriş, istiqbolli taşabbuslarni yiğiş, tahlil qiliş va körib çiqiş hamda ularni amalga oşiriş tartibini belgilaydi.

Forum doirasida istiqbolli taşabbuslarni yiğiş, dastlabki saralaş va umumlaştiriş jarayonlari Strategik islohotlar agentligi tomonidan har yili 1 iyuldan 1 sentabrgaça ötkaziladi.

Forumda muhokama qiliş uçun yuboriladigan istiqbolli taşabbuslar quyidagi mezonlarga muvofiq bölişi lozim:

➖ dolzarblik;
➖ öziga xoslik; 
➖ imkoniyatlilik; 
➖ ta’sirçanlik;
➖ tarmoq yoki jamiyatga ijobiy ta’sir körsatiş.

Mentorlar kengaşi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli taşabbuslar prezident iştirokida ötkaziladigan forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi.