Germaniya kansleri Fridrix Mers AQŞ va Yevropa Ittifoqi savdo uruşi avj olgan taqdirda Vaşingtonga qat’iy javob berişga va’da berdi. Germaniya hukumati rahbari Tsugşpits toğida Bavariya federal yeri vazirlar mahkamasi bilan uçraşuvdan söng: «Amerika hukumati haddan taşqari yuqori tariflarga öxşaş çoralar bilan javob berişga tayyorligimizni past baholamasligi kerak», dedi.

Yevropa Ittifoqi bunga «tayyor», ammo mojaroni muzokaralar yöli bilan hal etişga umid qilişda davom etmoqda, deya ta’kidladi Mers. Unga köra, Germaniya kansleri şu maqsadda AQŞ prezidenti Donald Tramp va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan doimiy aloqada. «Bizning maqsadimiz Qöşma Ştatlar bilan savdoni osonlaştiradigan va tariflarni yana pasaytirişga imkon beradigan yeçimga tezda erişiş edi va şunday bölib qoladi», dedi Mers. «Endi iyul oyining oxirigaça muzokaralar olib borişimiz kerak».

Mersning sözlariga köra, sönggi kunlarda u Yevropa Ittifoqi Trampning 12 iyuldagi xabarnomasidan söng darhol javob tariqasidagi yuqori tariflarni joriy qilmasligini ta’minlaş ustida işlagan. «Aks holda, bu keça avtomatik tarzda sodir bölişi mumkin edi», dedi Germaniya kansleri.

12 iyul kuni AQŞ prezidenti Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik bojlar joriy etiş niyatida ekanligini ma’lum qildi – bu haqdagi bildirişnoma Yevropa komissiyasi rahbari fon der Lyayyenga yöllangan. Tramp öz qarorini YeI va Vaşington örtasidagi «jiddiy savdo nomutanosibligi» bilan izohladi va agar Yevropa Ittifoqi Amerika tovarlari importiga bojlarni oşiriş orqali javob berişga qaror qilsa, Vaşingtondan simmetrik javob kelişi bilan tahdid qildi.