Rossiya hukumatining qonunçilik faoliyati böyiça komissiyasi qonun loyihasiga Rossiyani tark etgan xorijiy kompaniyalarga öz biznesini qaytarib sotib oliş variantlarini bekor qiliş imkonini beruvçi tuzatişlarni qöllab-quvvatladi. Bu haqda «Vedomosti» gazetasi xabar berdi.

Hujjatda aytilişiça, qayta sotib olişni taqiqlaş aktivlarning yangi egasi ham, Rossiyaning tegişli idoralari tomonidan ham amalga oşirilişi mumkin. Opsionlarni bekor qiliş töğrisidagi da’volar, hatto nizolarni körib çiqiş xorijiy sud va xalqaro tijorat arbitrajining vakolatiga kiritilgan hollarda ham, Moskva viloyati arbitraj sudi tomonidan körib çiqiladi. Qonun loyihasiga, şuningdek, prezident farmoniga çet elliklarning aksiyalarni qaytarib sotib oliş huquqini bekor qilişning qöşimça şartlarini belgilaşga ruxsat beruvçi band ham kiritilgan.

«Vedomosti» naşrining yozişiça, yangi qoidalar asosan iste’mol sektoridagi kompaniyalar – umumiy ovqatlaniş korxonalari, oziq-ovqat işlab çiqaruvçilar va çakana savdo tarmoqlariga taalluqli. Boşqa hollarda, yondaşuv individual böladi: xorijiy biznesni qaytariş şartlari Rossiya prezidentining alohida farmoni bilan belgilanadi.

Qonun loyihasi 28 may kuni Rossiya Davlat dumasi yalpi majlisida ikkinçi va uçinçi öqişda körib çiqilişi kerak edi. Biroq hujjatni körib çiqiş uni qayta işlaş töğrisida qaror qabul qilingani sababli keyinga qoldirildi.