"Afğoniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi Mulla Muhammad Hasan Oxund janobi oliylari bilan uçraşuvdan mamnunmiz, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining telegram-kanalida. – Birodar va qöşni Afğoniston bilan özaro munosabatlarni yanada çuqurlaştirişga intilmoqdamiz".

Uçraşuv davomida savdo, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy boğliqlikni rivojlantiriş, jumladan, "Özbekiston - Afğoniston - Pokiston" temiryöli böyiça hadli bitim muhokama qilindi. 

Özbekiston hukumati infratuzilma, logistika, energetika va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlaşga tayyor ekani aytildi. 

"Afğoniston Markaziy va Janubiy Osiyo örtasida köprik vazifasini bajarişi lozim, deb hisoblaymiz", deydi Baxtiyor Saidov.