Yoz fasli quyosh nurlari eng faol bo‘ladigan davr. Bu paytda oftobdan kelayotgan UV (ultrabinafsha) nurlari teri bilan bir qatorda ko‘zni ham shikastlaydi. Xususan, quyosh nurlari ta’sirida ko‘zda

  • katarakta;
  • to‘r pardaning zararlanishi;
  • qurish;
  • fotofobiya (yorug‘likka sezuvchanlik) kabi muammolar kuzatilishi aniqlangan. Shu sababdan quyosh nurlaridan ko‘zlarni himoya qilish salomatlikni asrash nuqtayi nazaridan muhim chora hisoblanadi.

Soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ultrabinafshaviy nurlanish eng yuqori darajaga chiqadi. Bu vaqtda ochiq havoda yurish ko‘z to‘qimalariga ortiqcha yuklama beradi. Natijada ko‘zning ichki qatlamlari, ayniqsa, to‘r parda (setchatka) va gavhar qavat (linsa) yallig‘lanadi. Mazkur holatning uzoq muddatli ta’siri esa ko‘zning erta qarishi va ko‘rish qobiliyatining zaiflashuviga olib kelishi mumkin.

Jazirama kunlarda ko‘zni quyoshning zararli ta’sirlaridan himoya qilish uchun ko‘zoynak taqish tavsiya etiladi. Uning faqat chiroyli aksessuar emas, haqiqiy himoya vositasi sifatida xizmat qilishi uchun esa tanlovda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish zarur:

UV400 belgisi

Qora linzali ko‘zoynakni taqqaningizda ko‘z qorachig‘i avtomatik ravishda kengayadi, chunki ko‘z atrofdagi yorug‘lik miqdorini kamaygan deb qabul qiladi. Agar ko‘zoynakda UV filtri bo‘lmasa, kengaygan qorachiq orqali zararli ultrabinafsha nurlari ko‘zoynak taqilmagan holatdagidan ko‘proq miqdorda ichkariga kiradi.

UV400maxsus belgi bo‘lib, bunday nishoni bor ko‘zoynak linzasi 400 nanometrgacha bo‘lgan, ya’ni inson ko‘ziga zarar yetkazish ehtimoli yuqori hisoblangan ultrabinafsha nurlarini to‘liq ushlab qoladi va ko‘zga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Oddiy qilib aytganda, bunday ko‘zoynak quyoshning ko‘zga tushadigan zararli zarralarini 99–100% miqdorda to‘sadi, ko‘z qorachig‘i kengaygan holatda ham xavfsizlikni ta’minlaydi, ko‘zdagi charchoq, xiralik, achishishni kamaytiradi.

UV400 himoyasiga ega ko‘zoynakni tanlashda eng avvalo yorlig‘iga e’tibor bering: unda “UV” yoki “100% UV protection” yozuvi bo‘lishi kerak. Agar bu belgilar yo‘q yoki faqat