Konsepsiya respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarida içki nazorat tizimini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari, vazifalari, örta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlaniş bosqiçlarini belgilaydi.
Konsepsiyaga köra, içki nazorat tizimini rivojlantiriş quyidagi yönalişlarni öz içiga oladi:
➖ nazorat muhitining yaxlit tizimini şakllantiriş;
➖ xavflarni boşqarişning samarali tizimini joriy etiş;
➖ nazorat jarayonlarining natijadorligini oşiriş;
➖ axborot va kommunikatsiya tizimini takomillaştiriş;
➖ içki nazorat tizimini doimiy monitoring qiliş hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlaş.
Uşbu ustuvor yönalişlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oşiriş lozim:
🔹 içki nazorat tizimini taşkil etişni standartlaştiriş maqsadida qonunçilik asoslarini takomillaştiriş;
🔹 içki nazorat tizimini taşkil etişni yanada rivojlantiriş;
🔹 xodimlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini rivojlantiriş.





