Yaqin Şarq doimo murakkab geosiyosiy öyinlar sahnasi bölib kelgan. 16 iyul kuni Isroil Suriyaning muhim nuqtalarini bombaladi. Uruş sababi deb izohlangan druzlar va badaviylar örtasidagi ziddiyat esa aslida qadimiy duşmanlikdan emas, balki taşqi kuçlar tomonidan mohirlik bilan öynaladigan kartadek. Xöş, druzlar va badaviylar örtasidagi mojaroning asl sababi nimada? Isroil Suriyaning yangi hukumati bilan nimani kelişa olmayapti?

Kun.uzʼning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov, Şavkat Ikromov va Farhod Karimov ayni şu mavzu yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

Druzlar va badaviylar örtasidagi mojaroning asl sababi nima edi va Isroil Suriyaning yangi hukumati bilan nimani kelişa olmayapti?

Farhod Karimov: Badaviylar, arablar tomonidan arobiy deb ataladi, çöl hududlarida köçmançi bölib yaşaydigan xalqlar. Bir vaqtlar ularning katta qismi savodsiz bölgan va asosan köçmançilikda savdo-sotiq hamda çorvaçilik bilan şuğullangan. Asosiy kiçkina savdo. Badaviylar arablar tomonidan doimiy ravişda alohida bir guruh sifatida körilgan, lekin e’tiqodiga köra musulmon.

Druzlar esa X asrda Islomdan alohida bir yönaliş sifatida, şiaviylikning ismoiliylik yönalişidan ajralib çiqqan guruh hisoblanadi. Ular musulmonlar orasida adaşganlar sifatida ta’rif qilinadi, çunki tarixda ular özlarining şohlarini Xudo sifatida ham körgan va vaqti-vaqti bilan Xudo odam qiyofasiga kirib, odamlar orasiga tuşib yuradi degan qaraşlarni ilgari surgan. Hatto Qur’onda kelgan farz masalalariga ham ular umuman boşqaça qaraydi, öziga xos bir qadriyat va madaniyatga ega bölgan xalq.

Mana şu tsivilizatsion va e’tiqodiy masalalardagi qarama-qarşilik bugun siyosiy körinişda ham yuzaga çiqyapti. Asad hokimiyat tepasida bölgan vaqtlarda ham bu ziddiyat mavjud edi. Öşanda ham Isroil druzlarni himoya ostiga olişi va druzlar yahudiylarning dösti ekanini e’lon qilgan edi. Suriyaning janubiy hududi, Suvayda viloyati druzlarning markaziy şahri hisoblanadi. Mintaqadagi uç davlat Isroil, Suriya va Iordaniya mana şu hududga töğri keladi. Dovud koridori bu avvaldan ham köp tilga olingan (Dovud koridori Isroilga Jölan tepaliklari orqali Suriya va Iroq tomon strategik quruqlik yölagi oçişga qaratilgan geosiyosiy loyiha bölib, Eron ta’sirini çeklaş va mintaqadagi transport-neft yöllarini nazorat qilişni közlaydi). Şuningdek, bu yölak AQŞ harbiy bazalariga olib boradigan yölning örtasida joylaşgan juda ham strategik nuqta.