Inson içagi oddiy hazm qiliş a’zosi emas. Unda millionlab mikroorganizmlar, “mikrobiom” deb ataluvçi foydali bakteriyalar yaşaydi. Ular hazmga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi va tanani taşqi tahdidlardan himoya qiladi.

Şu vaqtgaça, asosan, antibiotiklar mikrobiomga kuçli zarar yetkazişi mumkin degan qaraş mavjud edi. Sönggi izlanişlarga köra, allergiyaga qarşi vositalar, antidepressantlar va gormonal preparatlar ham antibiotiklar singari foydali bakteriyalarni yöq qilişi ehtimoli mavjudligi aniqlandi.

Professor Liza Mayer boşçiligida Tubingen universiteti olimlari tomonidan ötkazilgan tadqiqotda 53 xil dori vositasi örganildi. Bu dorilar inson içagidan olingan mikroorganizmlar jamlanmasiga yuborildi. Natijada har uç doridan biri organizmda salmonella bakteriyasi (oğir diareya çaqiruvçi mikrob)ning köpayişiga turtki bölişi oydinlaşdi.

Yana bir muhim holat şuki, antibiotik bölmagan mazkur dorilar foydali bakteriyalarni yöqotsa-da, zararli mikrob – salmonellaga ta’sir qilmasligi ma’lum bölgan. Bu jarayon içakda muvozanatning buzilişi va patogen mikroblar ta’siri kuçayişiga olib keladi.

«Avval faqat antibiotiklar xavfli deb öylardik. Endi esa boşqa dorilar ham içki himoya tizimi – mikrobiomni yemirişi mumkinligini isbotladik», – deydi mutaxassislar.

Tana himoyasiz qolsa, oddiy mikroblar ham oğir asoratlarni hosil qiladi. Bu, ayniqsa, immuniteti zaif, keksa yoki surunkali kasalligi bor insonlar uçun juda xavfli bölişi mumkin.

Tadqiqotçilar barça yangi dori vositalari işlab çiqarayotganda ularning mikrobiomga qanday ta’sir körsatişini ham tekşirişni tavsiya qilmoqda. Ayniqsa, antigistamin (allergiyaga qarşi), ruhiy holatga ta’sir qiluvçi yoki gormon modulyatorlari kabi vositalarda bu jihat e’tibordan çetda qolmasligi kerak.

Şunday ekan, oddiy dori içişdan oldin uni qança muddat davomida qabul qiliş zarurligini şifokor bilan maslahatlaşiş muhim: kasallikni davolayman deb, tananing eng muhim himoya qal’asi – içak mikrobiomini zaiflaştirib qöymaslik kerak.