Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan köçmas mulk bozorida kuzatilayotgan özgarişlar tahlil qilindi. 2025 yil birinçi yarim yilligi yakuniga köra, uy-joy sotuvlari 10,6 foizga oşib, 136,5 ming xonadonni taşkil etdi.

Iyun oyi yakuniga köra 21 mingta oldi-sotdi bitimlari röyxatdan ötkazilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga oşdi.

2025 yilning birinçi yarim yilligida hududlarda köçmas mulk bozorida barqaror ösiş kuzatilmoqda. Oldi-sotdi şartnomalarida eng yuqori ösiş Jizzax (29,9 foiz), Navoiy (18,3 foiz) va Surxondaryo (17,7 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Şu bilan birga, Toşkent viloyatida bitimlar hajmi biroz kamaygani (2,6 foiz) kuzatildi.

Iyun oyida ikkilamçi bozorda uy-joylarning örtaça narxi ötgan oyga nisbatan 0,3 foizga oşdi. Yillik hisobda ösiş 1,8 foizni taşkil etdi.

Hududlar kesimida iyun oyida Jizzax viloyatida uy-joy narxlari biroz pasayganiga (-1,3 foiz) qaramasdan, yillik ösiş sur’ati böyiça yetakçilik qilmoqda (11,7 foiz). Şu bilan birga, yillik hisobda ijobiy dinamika Surxondaryo (10,9 foiz), Qoraqalpoğiston Respublikasi (9,3 foiz), Xorazm (7,3 foiz) va Namangan (7,1 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Toşkent şahrida ikkilamçi uy-joyning örtaça narxi ötgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 foizga pasayib, yangi qurilgan uylar narxlari esa biroz kamaydi (1,6 foiz).

Ötgan yilning iyun oyidan poytaxtdagi ikkilamçi uy-joy narxlarida eng katta pasayiş Mirzo Uluğbek (-7,6 foiz), Yaşnobod (-7,3 foiz) va Çilonzor (-6,9 foiz) tumanlarida kuzatildi.

Birlamçi uy-joy narxlarida eng katta pasayiş Uçtepa (-9,7 foiz), Yunusobod (-8,8 foiz) va Şayxontohur (-7,7 foiz) tumanlarida qayd etildi.

Iyun oyida Toşkent şahrida ijara narxlari barqarorligi kuzatildi. Örtaça ijara narxi ötgan oydagi körsatkiçni saqlab qoldi va bir kvadrat metr uçun 8,1 dollarni taşkil etdi.

Poytaxtning Mirobod, Şayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligiça qolmoqda. Uşbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uçun örtaça 10,3 dollarni taşkil etdi.

Yillik hisobda örtaça ijara narxlari 2,6 foizga pasaydi. Eng sezilarli pasayiş Uçtepa, Yaşnobod va Çilonzor tumanlarida qayd etildi.