18 iyul, juma kuni Rossiya Adliya vazirligi «çet el agentlari» röyxatini kengaytirdi. Röyxatga quyidagilar kiritildi: jurnalistlar Kseniya Kirillova va Maşa Mayyers, şoira Natalya Reznik, sobiq deputatlar Kseniya Torstrem va Dmitriy Velikiy, bloger Dmitriy Xramsov va Şaninka (Moskva oliy ijtimoiy-iqtisodiy fanlar maktabi) siyosatşunoslik fakultetining sobiq dekani Vasiliy Jarkov.
Bundan taşqari, Adliya vazirligining röyxatiga Rossiya böylab mitinglar, norozilik namoyişlari va fuqarolik aksiyalarini yoritib boruvçi Activatica onlayn portali ham kiritilgan.
24 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «çet el agentlari» uçun ham Rossiya Federatsiyasida, ham xorijda ma’muriy javobgarlikni kuçaytiruvçi qonunni imzoladi. Endilikda jismoniy şaxslar bölgan «çet el agentlari»ga «qonuniy talablarga rioya qilmaslik» uçun jarimalar 30 dan 50 ming rublgaça, mansabdor şaxslar uçun — 100 dan 300 ming rublgaça, yuridik şaxslar uçun — 300 dan 500 ming rublgaça oşirildi.
Aprel oyida Rossiya Davlat dumasi Rossiya iştirok etmayotgan xalqaro taşkilotlar yoki xorijiy davlat idoralari qarorlarini amalga oşirişga kömaklaşuvçi şaxslarni, agar ularning harakatlari mamlakat xavfsizligiga tahdid deb hisoblansa, ularni «çet el agenti» deb e’lon qilişga ruxsat beruvçi qonunni qabul qildi. Bundan taşqari, Rossiyaning harbiy-texnik sohasi haqida ma’lumot töplaydigan va tarqatadigan şaxslar Rossiya Federatsiyasida «çet el agentlari» deb tan olinişi mumkin.










