Tadbirda sözga çiqqan mamlakat elçisi Baxtiyor Ibragimov turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişning strategik ahamiyatini hamda ikki mamlakat fuqarolarining sayohatlarga bölgan özaro qiziqişi va umumiy madaniy merosni örganişga intilişi tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

Şarqiy Qozoğiston viloyati turizm va taşqi aloqalar boşqarmasi rahbari Yerjan Sembinov öz navbatida, Qozoğiston-Özbekiston turizm sohasidagi hamkorligining faol dinamikasini qayd etiş barobarida, özaro sayohat tartiblarini soddalaştiriş va turistik almaşinuvlarni köpaytiriş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarning muhimligiga urğu berdi.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Rasul Zarikeyev anjumanda onlayn formatda iştirok etib, Qoraqalpoğistonning turizm salohiyatiga bağişlangan taqdimot ötkazdi. U madaniy-ma’rifiy, gastronomik, ekologik va soğlomlaştiriş turizmini rivojlantiriş, hamda Özbekiston Hukumati tomonidan turizm infratuzilmasini takomillaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida sözlab berdi.

Tadbir davomida transport imkoniyatlari masalalariga, şu jumladan Özbekistonning turistik yönalişlari va Qozoğiston şaharlari örtasidagi reyslar sonini oşiriş rejalariga e’tibor qaratildi. Iştirokçilarga 15 iyuldan boşlab FlyArystan aviakompaniyasi tomonidan Atirau – Toşkent – Atirau yönalişi böyiça aviareyslar yölga qöyilgani haqida ma’lum qilindi.

Özbekistonning tibbiyot turizmi imkoniyatlari haqidagi muhim ma’lumotlar Qozoğiston tomonida alohida qiziqiş uyğotdi. Qozoğiston turoperatorlari uşbu sohada hamkorlikni kengaytirişga katta qiziqiş bildirdi.

Şuningdek, ikki mamlakat turoperatorlari örtasida töğridan töğri işbilarmonlik aloqalarini örnatiş, qöşma turistik marşrutlar va madaniy dasturlarni işlab çiqiş hamda Öskemen şahridan Özbekiston şaharlariga "Jibek joli" sayyohlik poyezdini işga tuşiriş taşabbuslari ilgari surildi.