Şu kunlarda abituriyentlarning bilimi sinalyapti. Xöş, talabalikka da’vogarlar qançalik tavakkalga murojaat qilişmoqda? Maktabda olingan bilimning özi yetarli bölyaptimi yoki qöşimça darslarsiz testdan ötiş imkonsizmi? Kun.uz muxbiri Toşkent şahridagi “O'zekspomarkaz” majmuasida sörovnoma ötkazdi.

Biz sörovnoma davomida asosan aniq fanlar böyiça test topşirgan abituriyentlar bilan suhbatlaşdik. Ularning köpi test javoblarining katta qismini tavakkal belgilaganini aytişdi. Respondentlarning fikriça, testda yuqori ball oliş uçun maktabda yaxşi öqişning özi kamlik qiladi: qöşimça darslarga zarurat bor.

Öqişga kira olmasangiz nima qilasiz? Bir neçta abituriyentlarga şu savolni berganimizda, xususiy universitetlar haqida öylab körişini yoki qayta tayyorlanişini gapirdi.

“Menimça, nodavlatda öqisam kerak. Çunki oldindan kirib qöyganman. Lekin uydagilarim xususiyga qöyişmaydi. Şuning uçun yana bir yil tayyorlanib çetga topşirganim yaxşiroq. Sababi özlaridan özlari yopib yuborişlari mumkin”, – deydi abituriyentlardan biri.

Eslatib ötamiz, imtihonlar 10 kun davomida, 23 iyulga qadar davom etadi.