AQŞ prezidenti Donald Tramp The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi va uning egalari ustidan sudga 10 milliard dollarlik da’vo arizasi berdi. Reuters xabariga köra, bunga Trampning göyo moliyaçi Jyeffri Epşteynga yuborgan behayo rasmli maktubi haqidagi maqola sabab bölgan.

18 iyul kuni Mayami federal sudiga berilgan da’vo arizasida mediamagnat Rupert Merdok, WSJ naşri egasi Dow Jones agentligi, News Corp va uning boş direktori Robert Tomson, şuningdek, WSJ jurnalining ikki muxbiri javobgar sifatida körsatilgan. Da’vo arizasida aytilişiça, ular Trampga tuhmat qilib, katta moddiy va ma’naviy zarar yetkazgan.

Da’voga WSJ naşrida e’lon qilingan maqola sabab bölgan, unda aytilişiça, 2003 yilda Tramp Epşteynning 50 yoşga tölişi munosabati bilan yalanğoç ayol surati tuşirilgan maktub yöllagan. Xatda «Tuğilgan kuningiz bilan va har bir kuningiz yana bir ajoyib sirga aylansin» sözlari, şuningdek, «Donald» imzosi bölgan deb ta’kidlanadi maqolada.

Da’vo arizasida aytilişiça, maktub soxta bölgan, WSJ esa Trampning obrösiga putur yetkaziş uçun uşbu maqolani çop etgan.

«Biz maqolalarimizning aniq va asosli ekaniga töliq işonamiz va har qanday sud da’volaridan özimizni qat’iy himoya qilamiz», deb ta’kidladi Dow Jones agentligi da’vo arizasi haqidagi xabarga javoban.

Reuters naşrining ta’kidlaşiça, tuhmat böyiça 10 mlrd dollarlik da’vo arizasi juda katta miqdor va tarixda bunday da’volar bölmagan.

Jyeffri Epşteyn 2019 yil iyul oyida voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqada böliş va guvohlarni ehtimoliy sotib olişda ayblangan edi. Tergov versiyasiga köra, u 2002-2005 yillarda öz boyligi va ta’siridan foydalanib, Manhetten va Floridadagi qasrlarida voyaga yetmagan önlab qizlarni fohişalikka oğdirgan. Bir oy ötgaç, u Nyu-Yorkdagi qamoqxona kamerasida ölik holda topildi. Uning ölimi öz joniga qasd qiliş deb tan olindi.