Rossiya va Ukraina örtasida davom etayotgan uruş fonida, Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga qarşi yangi 18-çeklovçi çoralar paketini kiritdi. Tegişli hujjatlar 18 iyul, juma kuni keçqurun Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida çop etildi. Natijada Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar kuçga kirdi.
Rossiyaning yana 22 banki, tankerlari va Rossiya Federatsiyasi suveren investitsiya jamğarmasi - Rossiya töğridan töğri investitsiya jamğarmasi (RFPI) çeklovlarga duçor böldi. Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxini bir barrel uçun 47,6 dollargaça pasaytirdi va «Şimoliy oqimlar» bilan har qanday bitimni taqiqladi.
Çeklov çoralari qöllangan banklar qatoriga T-Bank, "Sankt-Peterburg" banki, Dom.RF, "Yandeks-bank", Ozon Bank va "Surgutneftegazbank" kirdi. Ular SWIFT xalqaro tölov tizimidan uzilmaydi, biroq ularga nisbatan tranzaksiyalarni taqiqlaş qöllanadi.
Taniqli rossiyalik rejissyor va "Mosfilm" boş direktori Karen Şaxnazarov, Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti rektori Vladimir Kuryanov, Qrim madaniyat vazirining birinçi örinbosari Olga Burova va Hududlarni rivojlantiriş jamğarmasi sobiq boş direktori Ilşat Şagiaxmetov ham sanksiyalarga uçradi.











