Saudiya Arabistoni podşohligi xonadoni a’zosi, şahzoda Al-Volid ibn Xolid ibn Talal ibn Abdulaziz Ol Saud 35 yoşda vafot etdi. Bu haqda 19 iyul kuni The National naşri uning oilasining bayonotiga asoslanib xabar bergan, dafn marosimi 20 iyulga möljallangan.

Saudiya Arabistonining «uyqudagi şahzodasi» sifatida tanilgan Al-Volid 2005 yildan buyon koma holatida edi. 15 yoşli şahzoda öşanda Londondagi harbiy litseyda öqiyotgan paytida yöl-transport hodisasiga uçragandi. U boş miya jarohati va miyaga qon quyilişi oqibatida koma holatiga tuşgan. AQŞ va Ispaniyadan kelgan mutaxassislar tomonidan körsatilgan şoşilinç tibbiy yordamga qaramay, u huşiga kelmagan.

Koma paytidagi ayrim refleks harakatlari oila a’zolarida umid uyğotgan. Xususan, 2020 yilda oila şahzodaning barmoqlari beixtiyor harakatlangani aks etgan videoni tarqatgan edi.

Naşrning qayd etişiça, şahzoda «umid va bardoş ramzi» hisoblanardi.

Şahzoda Al-Volid – şahzoda Xolid ibn Talalning tönğiç farzandi va milliarder Al Volid ibn Talalning jiyani, Saudiya Arabistonining birinçi podşohi Abdulazizning evarasi hisoblanadi. Uning otasi oğir ahvoldagi öğlining hayotini uzaytiriş vositalarini olib taşlaş haqidagi takliflarni qat’iy rad etgan va farzandining tiklanişiga umid qilgan.

Ammo 19 iyul kuni uning ölimi haqida e’lon qilindi.

Suratlardan birida uning ustiga «Mamlakatimiz qalbimizda» yozuvi tuşirilgan Saudiya bayroği taşlangan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari SleepingPrince heştegi ostida oilaga hamdardlik bildirmoqda.