
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu 20 iyul kuni «yaroqsiz yoki buzilgan» oziq-ovqatdan zaharlangaç, içak yalliğlanişi bilan kasallandi. Bu haqda xabar bergan Isroil hukumati idorasiga köra, Netanyahu kelgusi uç kun davomida uyida dam oladi, biroq davlat işlarini u yerdan turib davom ettiradi.
Bayonotga köra, 75 yoşli Netanyahu tunda özini yomon his qilgan va şifokorlar tomonidan içak yalliğlanişi hamda suvsizlaniş taşxisi qöyilgan. Unga tomir orqali suyuqlik yuborilmoqda.
«Şifokorlar körsatmasiga binoan, boş vazir keyingi uç kunni uyida dam olib ötkazadi va davlat boşqaruvidagi faoliyatini uydan davom ettiradi», – deyiladi Netanyahu idorasi tarqatgan bayonotda.
Netanyahu şanba kuni keçasi özini yomon his qilganidan söng, Quddusdagi Xadasa universitet tibbiyot markazi professori Alon Xerşko tomonidan körikdan ötkazilgan va suvsizlanişga qarşi tomir orqali suyuqlik olgan.
Reuters naşrining qayd etişiça, 2023 yilda Netanyahuga yurak stimulyatori (elektr yurak ritmini tartibga soluvçi qurilma) örnatilgan edi. Ötgan yil dekabr oyida esa, siydik yöllari infeksiyasi aniqlangaç, unga prostata bezi olib taşlaş böyiça operatsiya qilingan.
The Jerusalem Post naşriga köra, boş vazir «davlat işlarini uydan turib olib borişi» şuni anglatadiki, u duşanba va seşanba kunlarida belgilangan jinoyat işlari böyiça sud majlislarida iştirok eta olmaydi. Sud tinglovlari endi faqat sentabr oyida, sudlar ta’tildan qaytgaç, davom ettiriladi.
Yakşanba kuni keçga borib, Binyamin Netanyahuning advokatlari suddan uning şu haftaga belgilangan guvohlik beriş sessiyasini rasman bekor qilişni ham söragan. Netanyahu jamoasi uning körsatmasini çorşanba kuniga köçirişni taklif qildi.










