Germaniya içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt ARD telekanaliga bergan intervyusida xabar qilişiça, Afğoniston fuqarolari bilan bir yil içida ikkinçi deportatsiya reysi Germaniyadan Afğonistonga jönab ketdi.
Bortida 81 nafar Afğoniston fuqarosi bölgan samolyot Leypsig aeroportidan jönab ketdi. Dobrindtning sözlariga köra, bu odamlar «jinoyatlar uçun sudlangan» va «majburiy deportatsiya qilinişi kerak». Kobulga parvozni tayyorlaşda Germaniyaning «strategik hamkorlari» iştirok etgan, deya qöşimça qildi Dobrindt va ulardan biri sifatida Qatarni tilga oldi.
Bu parvoz 2024 yil avgustidan beri birinçi va Afğonistonda "Tolibon" harakati hokimiyat tepasiga kelgan 2021 yil yozidan keyingi ikkinçi parvoz böldi. 2024 yil 30 avgust kuni Germaniya 28 nafar Afğoniston fuqarosini vataniga deportatsiya qildi. Ular Germaniyada sudlangan jinoyatçilar edi. Ketişdan oldin ularning har biri 1000 yevrodan olgan.
"Tolibon" vakili öşanda Germaniyadan deportatsiya qilingan jinoyatçilar oilalari heç qanday jinoiy huquqbuzarlik qilmasligi haqida yozma kafolat berganidan söng qöyib yuborilganini aytdi.










