Isroil qöşinlari Ğazo sektorining markaziy qismidagi Dayr-al-Balah şahrida – 20 oydan ortiq harbiy harakatlar olib borilmagan hududda quruqlik va havo orqali yangi amaliyot boşladi.

Bu tinç aholi, jumladan, deyarli ikki yildan beri davom etayotgan mojaro tufayli ilgari öz uylarini tark etişga majbur bölganlar orasida köçişning yangi tölqinini keltirib çiqardi.

Amaliyot duşanba kuni erta tongda, Isroil harbiylari şaharning janubi-ğarbiy qismidagi oltita turar joy mavzesi aholisini evakuatsiya qilişni buyurganidan bir neça soat ötib boşlandi.

Hozir bu hududda Ğazo janubidagi Rafah va Xon Yunusdan kelgan minglab qoçqinlar bor.

Yakşanba kuni Isroil harbiylari Dayr-al-Balahning janubi-ğarbidagi yuz minglab köçirilgan ğazoliklar boşpana topgan bir qança tumanlar aholisiga uylarini tark etib, janubga yöl olişni buyurgan varaqalarni havodan taşlagandi.

Isroil armiyasi matbuot kotibi Avixay Adrai X ijtimoiy tarmoğidagi xabarida Isroil Dayr-al-Balah atrofida, jumladan, «ilgari operatsiya ötkazilmagan hudud»da «öz faoliyatini kengaytirayotgani» haqida yozgan. U falastinliklarni «öz xavfsizligi uçun janubga, Örta Yer dengizi sohilidagi al-Mavosi hududiga köçiş»ga çaqirdi.

TSAHAL bayonotida aytilişiça, «Isroil mudofaa kuçlari duşman salohiyati va hududdagi terrorçilik infratuzilmasini yöq qiliş uçun katta kuç bilan harakat qilişda davom etmoqda».

Ali Jadallah/Anadolu via Getty Image

Mahalliy jurnalistlar BBC muxbiriga ma’lum qilişiça, Isroil tanklari va harbiy maşinalari artilleriya va aviatsiya niqobi ostida «Kisufim» nazorat-ötkaziş punkti orqali şaharga kirgan.

Ularning xabarlariga köra, Isroil harbiylarining hujumiga artilleriya zarbalari hamrohlik qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Isroil qöşinlarining oldinga siljişi fonida portlaşlar va otişma ovozlari aks etgan videoyozuvlar paydo böldi.

Duşanbaga ötar keçasi Ğazo janubidagi nisbatan xavfsiz hududlardan biriga aylangan al-Mavosi tumaniga minglab kişilar qoçib ötgan.

BBC’​​ning mintaqadagi muxbirlari xabar berişiça, evakuatsiya töğrisida yakşanba kuni berilgan buyruq qoçqinlar orasida katta vahimaga sabab bölgan.