Bugun va keyingi kunlarda Özbekiston hududi böyiça kunduz kunlari havo harorati +40...+43 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +44...+45 darajagaça bölgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.

Iş haftasining ikkinçi yarmida ham issiqning sezilardi darajada pasayişi kutilmaydi. Harorat asosan kunduz kunlari +38...+41 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +42...+43 darajagaça bölişi kutilmoqda. Harorat asosan keçalari +23...+28 daraja böladi.

Uşbu kunlarda Özbekistonning barça hududlari böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. Respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkent şahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol birozdan örtaça tezlikkaça esadi.

Harorat asosan keçalari +23...+26 daraja, kunduz kunlari 21–23 iyulda +40...+42 daraja, 24–25 iyulda +38...+40 daraja böladi.