Soliq qömitasining ma’lum qilişiça, 2025 yilning 1 iyul holatiga köra özini özi band qilgan aholining 58 foizi erkaklar, 42 foizi esa ayollardir. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davri bilan taqqoslansa, 56 foizga köpaygan.

Özbekistonliklar eng köp maişiy xizmatda öz-özini band qilgan. Qişloq xöjaligi va işlab çiqariş, xizmat körsatişda band bölganlar soni esa ötgan yilgidan 64-66%gaça köp.

Hududlar kesimida qaralganda esa eng köp Samarqand viloyatida – yarim milliondan ortiq fuqaro özini özi band qilgan. Undan keyingi örinlarda 538,8 ming nafar fuqaro bilan Toşkent, 517,5 ming fuqaro bilan Qaşqadaryo viloyatlari turibdi.

2025 yil boşlangandan beri esa 184,2 ming fuqaro özini band qilişda yengil avtotransportda yölovçi taşiş faoliyatini tanlagan.

Eslatib ötamiz, 2024 yilning 1 iyul holatida 3,5 milliondan ortiq kişi öz-özini band qilgan.