Xususan, joriy iyul oyining birinçi ön kunligida Buyuk Britaniyaga Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toşkent–London yönalişidagi aviaqatnovi orqali 10 tonna qovun yetkazib berildi. Özbek qovuni özining betakror ta’mi bilan britaniyaliklarga katta qiziqiş uyğotmoqda.

Bundan taşqari, joriy yilda dukkakli mahsulotlar, quritilgan mevalar va yonğoqlar, jumladan uzum, gilos, mayiz, nöxat, moş va örik danagi mağzi eksporti faollaşdi. Mamlakatda yetiştirilayotgan meva-sabzavotlar va qayta işlangan mahsulotlar Britaniyaning yetakçi savdo tarmoqlarida sotilmoqda.

2025 yilning dastlabki beş oyi davomida Özbekistondan Buyuk Britaniyaga qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti ikki barobarga oşdi.

Bu tendensiya Özbekistonda agrosanoat sohasiga qaratilayotgan e’tibor, mahsulot sifatining xalqaro talablarga javob berişi va logistika yönalişlarining takomillaşib borayotganidan dalolat beradi.