Özbekiston fuqarosi Ye.X. mamlakat elçixonasiga murojaat qilib, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolganini, vaqtinçalik turar joy va kundalik ehtiyojlar uçun zarur mablağga ega emasligini ma’lum qilib, yordam söragan.
Uning murojaati elçixona tomonidan alohida nazoratga olinib, zarur konsullik-huquqiy va moddiy yordam körsatiş böyiça çoralar körildi.
Unga Özbekistonga qaytiş uçun tegişli konsullik guvohnomasi rasmiylaştirildi va elçixona xodimlari hamda homiylar kömagida aviaçipta xarid qilindi. Ye.X. kuni keça Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Islomobod-Toşkent aviareysi bilan vatanga qaytarildi.











