Közingiz tuşgan bölsa kerak, Ozarboyjon ozod qilingan Qoraboğda butun dunyodan borgan jurnalistlar iştirokida media-forum ötkazdi. Unda qiziq gaplar aytildi. Şunçalik qiziqki, Rossiyadagi Z-blogerlar «Ozarboyjon bilan uruşga tayyorlanişga» çaqirdi. Quyida Aliyev va Dmitriy Gordonning kiçik suhbati atrofida Rossiya – Ozarboyjon nizosi yangi bosqiçga kötarilgani haqida gaplaşamiz.

«Ozarboyjon biz uçun örnak»

Demak, media-forumning eng asosiy qismi Ilhom Aliyev va ukrainalik maşhur jurnalist Dmitriy Gordonning muloqoti böldi. Tajribali Gordon forumga juda yaxşi tayyorlanib, Aliyevga taktik jihatdan juda kuçli savol berganini ta’kidlaş kerak.

«Ozarboyjon öz yerlarini qaytib olganini Ukrainada ilhomlanib kuzatdik. Bu bizning könglimizni kötaradigan örnak böldi. Ukrainlar siz köp marta mamlakatimizning hududiy yaxlitligini qöllaş haqida gapirganingizni ham qadrlaydi. Biz köp yildan buyon uruş holatida yaşamoqdamiz. Öz yerlarini qaytargan muzaffar millat yetakçisi sifatida ukrainlarga qanday maslahat berasiz?», dedi Gordon.

Ilhom Aliyev bu savolga juda kuçli javob berdi. Şu örinda aytib ketak, men Aliyev siyosatidagi ba’zi jihatlarni oqlamayman, unga nisbatan neytral qaraşdaman, lekin Ozarboyjon prezidenti ukrainalik Gordonning savoliga juda yuqori darajada javob berganini alohida ta’kidlamoqçiman. Sobiq ittifoq hududida yaşab, Rossiya bilan nizo çöqqiga çiqqan bir vaqtda bunaqa kuçli bayonot beriş çinakam jasoratli iş.

«Heç qaçon okkupatsiyaga rozi bölmang, bu – eng asosiy maslahatim. Biz şunday qildik. Birinçi Qoraboğ uruşi vaqtida vaziyat juda oğir edi, köp qurbon berdik, Xöjaylida ozarlar qatliom qilindi. Ruhiy va iqtisodiy jihatdan juda qiynaldik. Milliondan ortiq ozarlar heç vaqosiz qolişdi. 750 ming Qoraboğ atrofida yaşaydigan, 250 ming Armanistondan quvilgan ozarlar. Bizni xalqaro maydonda deyarli heç kim qöllamasdi. Qaşşoqlik darajasi 100 foizga yaqin edi.

Mana şunday oğir pallada xalqimizning omadi kelib, Gaydar Aliyevdek yetakçi örtaga çiqdi. U yoş emas, 70 ga kirgandi. Salomatligi ham yomon, oğir xastalik bilan kuraşardi. Ammo u vaziyatni tiklaşga erişdi. Öşa paytda fuqarolik uruşi avj olganiga qaramay.

Biz bosib olingan yerlarimizni qaytib oliş fikridan aslo qaytmadik. Qiyin bölişini bilardik. Birinçidan, relef juda noqulay edi. Jangçilarimiz bu yerga Fuzuli orqali keldi. Ular yöl yöqligi uçun Şuşa toğlariga piyoda kötarilişdi. Jang maydonida hamma narsaga, ölimga ham tayyorligimizni körsatdik. Bir söz bilan aytganda, biz öz yerlarimizni qaytariş xayoli bilan yaşadik.