21 iyul kuni Belgiya hududida ötkazilgan Tomorrowland festivalida ikki isroillik askar «harbiy jinoyatlari» uçun hibsga olindi. Bu haqda Isroil harbiy xizmatçilarini Ğazodagi genotsid uçun sud javobgarligiga tortiş bilan şuğullanadigan nodavlat taşkilot «Hind Rajab Foundation» xabar berdi.

Taşkilot rasmiy bayonotida aytilişiça, Belgiya federal politsiyasi huquqiy sörovlarga köra, Ğazodagi harbiy jinoyatlarda asosli tarzda ayblanayotgan ikki isroillik askarni hibsga olib, söroqdan ötkazgan. Bu — xalqaro javobgarlikni ta’minlaş yölidagi global harakatlarda buriliş nuqtasiga aylanişi mumkin bölgan voqea sifatida körilmoqda.

«Gumonlanuvçilar Boom şahrida kuç işlatiş bilan aniqlanib, hibsga olingan. Ular hibsga olingaç, rasmiy söroq qilinib, keyin qöyib yuborilgan. Belgiya Federal prokuraturasi hozirda uşbu iş böyiça jinoiy tergov boşlanganini tasdiqladi», deyiladi taşkilot bayonotida.

«Juda köp davlatlar sukut saqlayotgan bir paytda, uşbu harakat aniq signal beradi: xalqaro jinoyatlar böyiça asosli dalillarga huquqiy javob berilişi lozim — siyosiy befarqlik emas. Biz hali adolat qaror topdi deya olmaymiz — hali yöq. Biroq biz muhim bir jarayon boşlanganiga işonamiz. Birinçi marta Yevropada Ğazo bilan boğliq jinoyatlarda ayblanayotgan isroilliklar rasmiy ravişda hibsga olinib, söroq qilindi. Bu holat qonunning kuçi va uni qöllaş irodasisiz mumkin bölmagan bölardi.

Ğazodagi qurbonlar va omon qolganlarga şuni aytamizki: biz sizni köryapmiz, eşityapmiz va adolat uçun bölgan talablaringizni ilgari surişda davom etamiz. Jazoga tortilmaslik abadiy böladi, deb işonayotganlarga esa: bu lahza aksini isbotlaydi. Dunyo böylab kuzatayotgan davlatlarga esa şuni eslatamiz: universal yurisdiksiya — bu şunçaki prinsip emas, bu majburiyatdir», deyiladi taşkilotning rasmiy bayonotida.

Şuningdek, «Hind Rajab Foundation» va "Global Legal Action Network” uşbu tergov jarayonlarini qöllab-quvvatlaşda davom etişini bildirib, Belgiya hukumatini bu işni töliq va mustaqil tarzda yakunlaşga çaqirdi.

Belgiya prokuraturasi bayonotiga köra, ular Ğazoda «xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilişlariga» aloqador bölgan ikki isroillik askar Tomorrowland festivalida körilgani haqida rasmiy şikoyatlar qabul qilgan.