Psixologlar ta’kidlaşiça, har bir yoş davrida bola muayyan ehtiyojlarga ega böladi. Agar bu ehtiyojlar inobatga olinmasa, u holda bolada işonçsizlik, nomukammallik hissi, mustaqillikdan qörqiş va turli ruhiy muammolar yuzaga kelişi mumkin.

0–1 yoş: Işonç va xavfsizlik asosi

Bu davrda bola hali gapirolmaydi, lekin his qiladi. U uçun ovqatlanişdan ham köra muhimroği – xavfsiz muhit, ona mehri va doimiylik hissidir. Quçoqlaş, ona ovozini eşitiş, öşa odamlar bilan köproq vaqt ötkaziş orqali u dunyoga işonç hissi bilan qaray boşlaydi.

1–3 yoş: “Özim qilaman” ehtiyoji

Bu yoşda bola mustaqil harakat qilmoqçi böladi: özi yeyiş, özi kiyiniş, özi tanlaş. Agar unga har bir qadamda “bölmaydi”, “qilolmaysan” deyilsa, u özini kuçsiz his qiladi. Onalar bu bosqiçda bolaga xavfsiz çegaralar içida erkinlik berişlari muhim.

3–6 yoş: Ijodiy fikrlaş va öyinlar

Bola “nega?” savollarini köp beradigan, rolli öyinlar öynaydigan va hissiy dunyosi boyigan bosqiç. Uning fantaziyasiga erkinlik beriş, gaplariga ahamiyat beriş orqali bolada ijodkorlik va işonç şakllanadi.

6–10 yoş: Qobiliyat va ijtimoiy örni

Bola öqiş, guruhda işlaş, döstlaşiş, özini jamoa içida sinab körişga ehtiyoj sezadi. Mukofot va maqtov uni ruhlantiradi. Lekin barça narsani “töğri qil” deb majburlaş emas, balki xatolardan örganiş imkonini beriş muhim.

10–13 yoş: Şaxsiy fikr va şaxs sifatida qabul qiliş

Ösmirlikka kirib borayotgan bola öz fikrini aytmoqçi böladi, tanqidlarga oğriq bilan javob qaytaradi. Bu davrda uni eşitiş, fikriga hurmat bilan yondaşiş, uni katta deb qabul qiliş orqali ruhiy barqarorlik ta’minlanadi. Bu bilan bolaning “ötiş davri”ni boşdan keçiriş osonroq böladi.

14–18 yoş: Mustahkam şaxsga aylaniş

Ösmir nafaqat şaxs sifatida şakllanadi, balki öz maqsadi, dunyoqaraşi, kiyiniş uslubi va qadriyatlarini ham yaratişga intiladi. Unga işonç bildiriş, maslahat beriş, bir vaqtning özida nazoratsiz emas, erkin muhitda rivojlanişi uçun şaroit yaratiş ota-ona zimmasida.

Bola tarbiyasida yagona qoida yöq. Ammo yoşiga qarab uning ehtiyojlarini tuşuniş, şu ehtiyojlarga mos tarzda munosabatda böliş har bir onaning muhim vazifasidir. E’tibor, mehr va işonç – har bir yoşda bola uçun eng muhim jihatdir.