Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil 21 iyul kuni So‘x tumani, Lenbur mahallasida yashovchi voyaga yetmagan, 2007 yilda tug‘ilgan S.S. “Nexia-3” rusumli avtomashinani So‘x-Rishton avtomobil yo‘lining Qirg‘iziston Respublikasi Batken viloyati Bujay ayili hududida boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida jarlikka ag‘darilib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada haydovchi S.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB.







