Tadbir avvalida Vasilina Mitskeviçga Özbekistonning turizm elçisi etib tayinlangani töğrisidagi sertifikatni tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.
– Özbekistonning turizm elçisi lavozimiga munosib körilganimdan juda xursandman, – dedi Yakub Kolasning evarasi, muzey fondlarining boş saqlovçisi Vasilina Mitskeviç. – Faoliyatimda mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik aloqalarini mustahkamlaşni maqsad qilganman. Öz közlarim bilan körgan va bilgan köp asrlik tarixga ega Özbekistonning gözalligi va betakrorligini hamyurtlarimga yetkazişda davom etib, sayyohlar oqimini köpaytirişga hissa qöşa olaman deb umid qilaman. Özbekiston elçixonasi bilan birgalikda amalga oşiradigan aniq rejalarni belgilab olganmiz. Ularni birgalikda, albatta amalga oşiramiz.
Tadbir davomida "Belarusfilm" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan atoqli şoir Yakub Kolasning Ikkinçi jahon uruşi yillarida Özbekistonda ötkazgan yillariga bağişlangan "Taşkenskaya torba" nomli hujjatli filmning premerasi bölib ötdi. "Taşkenskaya torba" noyob hujjatli film bölib, uşbu kartina ikki mamlakat ijodkorlari hamkorligida suratga olingan.
Özbekiston elçisi Rahmatulla Nazarov öz çiqişida, Yakub Kolas özbek xalqining ham sevimli şoiri ekanligini ta’kidladi. "Çunki Özbekiston Ikkinçi jahon uruşi davrida Yakub Kolas Özbekistonga yaşadi va yurtimizni öz vatanidek kördi, – dedi Özbekiston rasmiy vakili. – U butun umri davomida özbek xalqi körsatgan bağrikenglikni, çin insoniy munosabatlarni tarannum etdi. Adib ikki yarim yil Toşkentda yaşadi va köplab özbek yozuvçilari bilan döstona munosabatlarni örnatdi. Taniqli belarus şoiri mamlakatlarimiz örtasidagi adabiyot va madaniyat sohalaridagi munosabatlarni mustahkamlaşda ham ulkan hissa qöşdi".
Anjuman davomida muzey mehmonlari köplab qiziqarli eksponatlarni körişga muvaffaq bölişdi. Jumladan, Yakub Kolas Özbekistondan özi bilan olib kelgan anjomlar, Ikkinçi jahon uruşi yillarida Toşkentda naşr etilgan kitoblar namoyiş etildi.











