Soliq qömitasi ma’lumotiga köra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 54 401 ta murojaat kelib tuşgan.

Şundan:

  • 49 015 tasi xarid çeki bermaslik;
  • 1 898 tasi tölovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
  • 126 tasi plastik karta uçun xarid summasini oşiriş;
  • 3 362 tasi boşqa turdagi huquqbuzarlik holatlari böyiça.

Murojaatlarning 26 155 tasi takroriy bölgani yoki şikoyat kelib tuşgan tadbirkorlik sub’yektida tekşiruv davom etayotgani sababli körib çiqilmagan. Murojaatlar asosida 21 702 ta sayyor soliq tekşiruvi ötkazilib, 99,1 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari böyiça xabar bergan fuqarolarga 24 762 ta holat böyiça (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 17,7 milliard söm mukofot tölangan. Eng köp mukofot puli Toşkent şahrida murojaatçilarga berilgan — 4 milliard 279 million 500 ming söm. Eng kami esa murojaatlar soni ham kam bölgan Jizzax viloyati aholisiga tölangan — 512 million söm.