Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida YPX xodimlari 129 marta turli qoidabuzarliklar sodir etgan Captiva rusumli avtomaşinani töxtatdi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Tekşiruv davomida ma’lum bölişiça, haydovçining umumiy jarima miqdori 54 mln sömni taşkil etadi. Bundan taşqari, avtomobil 123 marta Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruvga berilgan.

Captiva jarima maydonçasiga qöyilgan, biroq haydovçi qanday javobgarlikka tortilişi ma’lum qilinmagan.