Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol kişi boşqa bir ayolga nisbatan tazyiq va zöravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etgani böyiça videolar tarqaldi.
Andijon viloyati IIB xabariga köra, 2024 yilning 15 dekabr kuni Andijon şahar Hunarmand mahallasida joylaşgan kiyim savdosi bilan şuğullanuvçi dökon egasi, 1992 yilda tuğilgan fuqaro A.P. qöl ostida sotuvçi bölib işlovçi, 2005 yilda tuğilgan fuqaro S.S.ga nisbatan özaro qarz oldi berdi masalasi ortidan tazyiq va zöravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Uşbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (Zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, fuqaro A.P. protsessual tartibda uşlandi. Tergov işi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Uşbu suratdagi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlanganlardan 102 qisqa raqamiga, Andijon şahri böyiça IIO FMBning telefon raqamiga 74-223-59-52 yoki yaqin oradagi içki işlar bölimlariga murojaat qiliş söralgan.











