21 iyul kuni Isroil harbiylari Ğazo sektoridagi Deir al-Balah şahrida joylaşgan Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) xodimlarining yaşaş joyi va asosiy omboriga hujum qildi. Bu haqda taşkilot bayonotiga tayanib, The Guardian naşri xabar bermoqda.
JSST bayonotida aytilişiça, taşkilot xodimlari yaşaydigan bino uç marotaba bombardimon qilingan, aviazarbalar yonğin çiqişiga va katta zarar yetişiga olib kelgan. Bu holat xodimlar va ularning oilalari, jumladan bolalar hayotini jiddiy xavf ostiga qöygan.
«Isroil harbiylari JSST binosiga bostirib kirgan, ayollar va bolalarni faol janglar bölayotgan hududdan piyoda tarzda al-Mavasi tomonga köçişga majbur qilgan. Erkak xodimlar va ularning oila a’zolari qöllari kişanlangan, yeçintirilgan, joyida söroq qilingan va tekşiruvdan ötkazilgan», deyiladi taşkilot bayonotida.

Şuningdek, JSST ikki nafar xodimi va ularning ikki oila a’zosining hibsga olinganini bildirdi. Ularning uç nafari keyinçalik qöyib yuborilgan, biroq bitta xodim hali ham hibsda qolmoqda. Taşkilot boş direktori Tedros Adxanom «JSST xodimining darhol ozod qilinişini va barça xodimlar xavfsizligini ta’minlaşni» talab qildi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Ğazodagi omborxonasining hujumdan avvalgi va keyin binolari tasvirlarini ham e’lon qildi.
WHO’s main warehouse located in Deir al Balah, #Gaza, was damaged after an attack caused explosions and fire inside—part of a pattern of systematic destruction of health facilities. 🎙 Hear what happened on the ground. pic.twitter.com/BOZtnRm5lB
— World Health Organization (WHO) (@WHO) July 23, 2025
















