“1 mln söm bersangiz bir soatda 25 mln sömga köpaytirib beraman” – uşbu va’daga ijtimoiy tarmoqlarda köpçilikning közi tuşgan. Hatto yuzlab insonlar bu rost ekani, pulini “katta pulga” aylantirib olgani haqida videolavhalar e’lon qilmoqda. Haqiqatan ham şunaqa yöl bilan pul köpaytiriş mumkinmi? Ha, mumkin: faqat treyder niqobidagi firibgarning puli köpayadi. Maqola sodda odamlar va soxta treyderlarning aldov sxemasi haqida.
Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda treyder niqobi ostidagi firibgarlar yana faollaşdi. Ular odamlarni pulini bir soatda 20 baravarga köpaytirib beriş va’dasi bilan çuv tuşirmoqda. Uşbu yolğonga aldaniş uçun esa inson kamida çiltor kuy çalsa ğoz rostdan ham tilla tuxum qöyişiga işoniş darajasida sodda bölişi kerak. Afsuski, ana şunaqa sodda odamlarning borligi va huquqni muhofaza qiluvçi organlarning tezkor reaksiya körsatmasligi firibgarlar tegirmoniga suv quymoqda.
Pul “maşinasi”
Telegram’dagi “Uzbekistan investuz” guruhi ana şunaqa firibgarlik guruhlaridan biri. 2025 yilning 21 aprel kuni taşkil etilgan, 43 mingdan ortiq a’zosi bor guruh 3 oydan buyon faol holatda.
Özini treyder deb taqdim etayotgan şaxslar odamlarga bir neçta tarifda pullarini köpaytirib berişni va’da qilmoqda. Ularning bu yolğoniga esa yuzlab odamlar aldanyapti.
Soxta treyder bilan mijoz sifatida suhbatlaşib kördik. U pulni dunyo bozorida aksiyalar oldi-sotdisidan köpaytirişini, bu xizmat böyiça litsenziyaga ega ekanini bildirdi.
“Men dunyo bozorlarida, ayniqsa, Forex bozorida aksiyalar oldi-sotdisi bilan şuğullanib kelaman. Yaqinda jamoamiz bilan dastur yaratdik. Dasturning içida sun’iy intellekt bor. Kiritgan sarmoyangizni uzoği bilan 60 daqiqada 20 baravargaça kötariş imkoniyati böladi”, deydi u.

Aslida soxta treyderning uşbu izohi uning gaplari yolğon, özi esa firibgar ekanini körsatib turibdi. Forex, aksiya bozori va sun’iy intellekt haqida yetarliça tuşunçaga ega bölmaganlar bu aldovga çuv tuşmoqda.
3 qadam va blok
Birinçi qadam sifatida “mijoz”larga 5 ta tarif taklif etiladi. Ular 300 ming sömdan 1,5 mln sömgaça bölgan tariflar. Masalan, 1 mln söm tölagan odamga puli bir soatdan söng 30 mln sömgaça köpaytirib berilişi va’da qilinadi.


















